“Sirdaryo viloyati qon quyish stansiyasida Xalqaro donorlar kuni nishonlandi”.

Sirdaryo viloyati qon quyish stansiyasida Xalqaro donorlar kuni keng nishonlandi

Sirdaryo viloyati qon quyish stansiyasida Xalqaro donorlar kuni hamda stansiyaning ochilish marosimi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda sog‘liqni saqlash tizimi vakillari, faxriy donorlar, tibbiyot xodimlari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi. Marosim davomida qon donorligining inson hayotini saqlab qolishdagi o‘rni va ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, yangi qon quyish stansiyasining faoliyati bilan tanishtirilib, uning zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangani qayd etildi. Bu esa aholiga sifatli va tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

Tadbir yakunida faol donorlar e’tirof etilib, ularga Sirdaryo viloyati “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mazkur tadbir donorlik harakatini yanada rivojlantirish, aholining bu boradagi xabardorligini oshirish hamda insonparvarlik g‘oyalarini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.