Jizzax shahrida xotin-qizlar uchun targ‘ibot va xayriya tadbiri o‘tkazildi

Jizzax shahrida xotin-qizlar uchun targ‘ibot va xayriya tadbiri o‘tkazildi

Joriy yilning 9-iyun kuni Jizzax shahri Kimyogar MFY binosida kam ta’minlangan oilalar hamda nogiron farzand tarbiyalayotgan ayollar ishtirokida targ‘ibot va xayriya tadbiri tashkil etildi.

Tadbir “Sog‘lom avlod uchun” xayriya fondi hamda hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘tkazilib, unda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, oila mustahkamligini ta’minlash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir davomida “Erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari” mavzusida ma’ruza o‘qildi. Ishtirokchilarga mazkur masalaning tibbiy, ijtimoiy va huquqiy jihatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, tadbirda Jizzax viloyati hamda Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasining ishchi guruhi vakillari ishtirok etib, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salomatligini mustahkamlash va oilaviy farovonlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdilar.

Tadbir yakunida ishtirokchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularga zarur tavsiyalar berildi hamda xayriya yordamlari ko‘rsatildi.