Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilanganligi munosabati bilan “Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi madaniyatini shakllantirish haftaligi” doirasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Mazkur tadbirda “Ammofos-Maxam” AJ rahbariyati hamda Olmaliq shahar “Sog‘lom avlod uchun” fondi vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi. Shuningdek, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy faollikni oshirish, zararli odatlardan voz kechish, ma’naviy-axloqiy tarbiya va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir yoshlar va rahbariyat o‘rtasidagi o‘zaro muloqotni mustahkamlash, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga xizmat qildi.


