Jizzax shahrida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bolajonlar uchun bayram tadbiri tashkil etildi

Jizzax shahrida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bolajonlar uchun bayram tadbiri tashkil etildi

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Jizzax shahar Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida davolanayotgan bolajonlar uchun madaniy-ko‘ngilochar bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida bolalarga quvonch ulashish, ularning kayfiyatini ko‘tarish va mazmunli hordiq chiqarishlari uchun turli madaniy dasturlar namoyish etildi. Xususan, Jizzax viloyat Qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari tomonidan o‘zbek xalq ertaklari asosida sahnalashtirilgan qiziqarli qo‘g‘irchoq tomoshalari namoyish etildi.

Bolajonlar ertak qahramonlari bilan uchrashib, maroqli va unutilmas taassurotlarga ega bo‘ldilar. Bayram tadbiri davomida ularga ko‘tarinki kayfiyat ulashilib, mehr va e’tibor ko‘rsatildi.

Mazkur tadbir bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularda ezgulik va yaxshilik tuyg‘ularini mustahkamlash hamda Xalqaro bolalarni himoya qilish kunining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etishga xizmat qildi.