Jizzax shahrida kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Jizzax shahridagi kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir doirasida bolajonlar viloyat Qo‘g‘irchoq teatriga taklif etilib, o‘zbek xalq ertaklari asosida sahnalashtirilgan qiziqarli va tarbiyaviy ahamiyatga ega tomoshalarni tomosha qildilar. Qo‘g‘irchoq teatri namoyishlari bolalarda katta taassurot qoldirib, ularga quvonch va ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Shuningdek, homiylar tomonidan tadbir ishtirokchilariga muzqaymoqlar hamda salqin ichimliklar tarqatildi. Bolajonlarga ko‘rsatilgan bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik ularning bayram kayfiyatini yanada oshirdi.
Mazkur tadbir bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularga quvonch ulashish hamda Xalqaro bolalarni himoya qilish kunining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etishga xizmat qildi.


