Kanlikul tumanida tibbiy ko‘rik va muruvvat aksiyasi o‘tkazildi
2026-yil 15–18-iyun kunlari Kanlikul tumani Bo‘stan OFY hududidagi Kulamet Jirau OSHPda Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Sog‘lom avlod uchun” xayriya fondi, tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlari hamda O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi boshqarmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kanlikul tumani bo‘limi hamkorligida tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Tibbiy ko‘rik davomida Bo‘stan, Qog‘am, Qosimbet, Mayakop va Qalin ovul aholisidan jami 374 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shundan 38 nafar fuqaro EKG tekshiruvidan o‘tkazildi.
Ko‘rik natijalariga ko‘ra, yoshi ulug‘ otaxon va onaxonlarga, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga, nogironligi bo‘lgan shaxslarga, tug‘ish yoshidagi xotin-qizlarga hamda yosh o‘smirlarga bepul muruvvat yordami sifatida dori-darmonlar va ko‘zoynaklar tarqatildi. Jami 212 nafar fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatildi.


