Navoiy shahri va Qiziltepa tumanida tibbiy ko‘rik o‘tkazildi
2026-yil 15–18-iyun kunlari “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining Navoiy viloyati hududiy filiali TIB brigadasi xodimlari, Navoiy shahar 16-son KTIMTT hamda Qiziltepa tumani 25-son oilaviy poliklinika tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tadbirlarini o‘tkazdilar.
Tibbiy ko‘riklar Navoiy shahar 16-son KTIMTT va Qiziltepa tumani 25-son oilaviy poliklinikasiga qarashli Yangiobod, Oqrabot, Saroy, Bobodug‘i va Xo‘jakurgon mahallalarida istiqomat qiluvchi fuqarolar o‘rtasida tashkil etildi.
Tadbir davomida 132 nafar ayol, 132 nafar bola va 43 nafar erkak, jami 307 nafar fuqaro chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Shuningdek, nogironligi bo‘lgan fuqarolar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar a’zolariga bepul dori-darmonlar va ko‘zoynaklar tarqatildi.
Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “Sog‘lom ona – sog‘lom bola”, “Erta nikohning salbiy oqibatlari”, “Dizenteriya va o‘tkir diareya kasalliklari”, hamda “Yuqumli kasalliklarning oldini olish” mavzularida ma’ruzalar o‘qilib, tushuntirish ishlari olib borildi.


