Sog‘lom tan — sog‘lom tafakkur shiori ostida Xalqaro do‘stlik kuniga bag‘ishlangan tadbir Buxoro shahrida o‘tkazildi

Sog‘lom tan — sog‘lom tafakkur shiori ostida Xalqaro do‘stlik kuniga bag‘ishlangan tadbir Buxoro shahrida o‘tkazildi

2026-yil 30-iyul kuni Xalqaro do‘stlik kuni munosabati bilan Buxoro shahrida “Sog‘lom tan — sog‘lom tafakkur” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbir Sirdaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining Sirdaryo viloyat hududiy bo‘limi, O‘zbekiston Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining Sirdaryo viloyat hududiy bo‘limi, Milliy olimpiya qo‘mitasining Sirdaryo viloyat hududiy bo‘linmasi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, Sirdaryo viloyati Madaniyat boshqarmasi hamda viloyatda faoliyat yuritayotgan milliy madaniy markazlar hamkorligida tashkil etildi va Buxoro shahrida o‘tkazildi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad turli millat va elat vakillari o‘rtasidagi do‘stlik, hamjihatlik va bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlash, shuningdek, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida sport musobaqalari, madaniy chiqishlar hamda milliy madaniy markazlar ishtirokidagi konsert dasturlari namoyish etildi. Barcha ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashgan ushbu tadbir do‘stlik, hamjihatlik va birdamlik g‘oyalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.