Sirdaryo viloyatida “Sog‘lom tan — sog‘lom tafakkur” shiori ostida Xalqaro do‘stlik kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
2026-yil 30-iyul kuni Sirdaryo viloyatida Xalqaro do‘stlik kuni munosabati bilan “Sog‘lom tan — sog‘lom tafakkur” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbir Sirdaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining Sirdaryo viloyat hududiy bo‘limi, O‘zbekiston Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining Sirdaryo viloyat hududiy bo‘limi, Milliy olimpiya qo‘mitasining Sirdaryo viloyat hududiy bo‘linmasi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, Sirdaryo viloyati Madaniyat boshqarmasi hamda viloyatda faoliyat yuritayotgan milliy madaniy markazlar hamkorligida o‘tkazildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad turli millat va elat vakillari o‘rtasidagi do‘stlik, hamjihatlik va bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlash, shuningdek, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida sport musobaqalari, madaniy-konsert dasturlari hamda milliy madaniy markazlar ishtirokidagi chiqishlar namoyish etildi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik va o‘zaro hurmat g‘oyalari keng targ‘ib qilinib, barcha qatnashchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.
Ushbu tadbir Sirdaryo viloyatida millatlararo totuvlikni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish va yoshlarni sportga keng jalb etish yo‘lidagi muhim tashabbuslardan biri bo‘ldi.


