Xorazm viloyatida “Do‘stlik kubogi” sovrindorlari taqdirlandilar

Xorazm viloyatida “Do‘stlik kubogi” sovrindorlari taqdirlandilar

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Xorazm viloyatida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida badminton sport turi bo‘yicha “Do‘stlik kubogi” musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar quyidagicha aniqlandi:

O‘smirlar toifasi:

  • 1-o‘rin – Maqsadbek Kenjaboyev / Shodmonjon Rahimberganova;
  • 2-o‘rin – Otanazar Maqsudbekov / Jasmina Alisherova;
  • 3-o‘rin – Artur Sotimboyev / Amina Eshchanova.

Yoshlar toifasi:

  • 1-o‘rin – Rahmatulla Rahmatullayev / Dinara Ro‘zmetova;
  • 2-o‘rin – Farrux Po‘latov / Diyora Qadamova;
  • 3-o‘rin – Munisbek Kenjaboyev / Ruxsora Quruybonboyeva.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining Xorazm viloyati hududiy bo‘limi, Sportning o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi hamda Xorazm viloyati badminton federatsiyasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Mazkur musobaqa Xorazm viloyatida badminton sport turini yanada ommalashtirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shdi.