Sirdaryo viloyatida Xalqaro do‘stlik kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Sirdaryo viloyatida Xalqaro do‘stlik kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

30-iyul — Xalqaro do‘stlik kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyatida “Sog‘lom tan — sog‘lom tafakkur” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbiri tashkil etildi.

Tadbir Sirdaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining Sirdaryo viloyati hududiy bo‘limi, O‘zbekiston Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining Sirdaryo viloyati hududiy bo‘limi, Milliy olimpiya qo‘mitasining Sirdaryo viloyati hududiy bo‘linmasi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, Sirdaryo viloyati Madaniyat boshqarmasi hamda viloyatda faoliyat yuritayotgan milliy madaniy markazlar hamkorligida o‘tkazildi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad turli millat va elat vakillari o‘rtasida do‘stlik, o‘zaro hurmat va hamjihatlikni yanada mustahkamlash, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida sport musobaqalari, madaniy chiqishlar va milliy madaniy markazlarning badiiy dasturlari namoyish etildi. Ishtirokchilar mazmunli dam olib, turli millat va elatlar o‘rtasidagi do‘stlik, birdamlik hamda bag‘rikenglik g‘oyalarini yana bir bor namoyon etdilar.

Mazkur tadbir jamiyatda o‘zaro hurmat, hamjihatlik va millatlararo totuvlikni mustahkamlashga xizmat qilgan muhim ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan biri bo‘ldi.