O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida samarqandlik faxriy ayollar bilan uchrashuv o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida 2026-yil 24-iyul kuni Samarqand viloyati “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondida samarqandlik faxriy ayollar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbir davomida yurtimiz taraqqiyoti, tinchlik va birdamlikni mustahkamlash, ayollarning jamiyatdagi o‘rni, jamiyat rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi hamda boy hayotiy tajribasi haqida samimiy suhbatlar bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv yakunida samarqandlik faxriy ayollar hamda tadbirning barcha ishtirokchilari “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.


