Samarqand viloyatida yoshlar o‘rtasida tog‘-sport musobaqalari o‘tkazildi

Samarqand viloyatida yoshlar o‘rtasida tog‘-sport musobaqalari o‘tkazildi

2026-yil 27–29-iyul kunlari Samarqand viloyatida yoshlar o‘rtasida tog‘-sport musobaqalari yuqori saviyada tashkil etildi.

Musobaqalarda o‘g‘il va qiz bolalar o‘zaro kuch, chaqqonlik, matonat hamda jamoaviy hamjihatlik borasida bellashdilar. Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy o‘tgan musobaqa yakunlariga ko‘ra, 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar aniqlandi.

G‘olib va sovrindorlar Samarqand viloyati Sport boshqarmasi hamda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi xodimlari tomonidan diplom, esdalik sovg‘alari va qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlandilar.

Mazkur musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning jismoniy va ma'naviy kamolotini yuksaltirishga xizmat qildi.