“Doʻstlik koʻpriklari mustahkam boʻlsin”
Yurtimizda 30-iyul – Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlanmoqda. “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini **“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”**da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 327-bandi ijrosini taʼminlash, shuningdek, 30-iyul – Xalqlar doʻstligi kuni munosabati bilan umummilliy totuvlik, millatlararo hamjihatlik va bagʻrikenglik muhitini yanada mustahkamlash maqsadida “Doʻstlik koʻpriklari mustahkam boʻlsin” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbir Navoiy viloyati hokimligi, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining Navoiy viloyati boʻlimi, Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining Navoiy viloyati hududiy boʻlimi, “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining Navoiy viloyati hududiy boʻlimi hamda viloyatdagi milliy-madaniy markazlar hamkorligida tashkil etildi.
Tadbir davomida yurtimizda hukm surayotgan tinchlik, millatlararo totuvlik, oʻzaro hurmat va doʻstlik rishtalarini yanada mustahkamlash, bagʻrikenglik va hamjihatlik gʻoyalarini keng targʻib etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, ahillik va doʻstlik rishtalari abadiy mustahkam boʻlsin!


