Xorazm shahrida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Хorazm shahrida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Xorazm shahridagi VBKTTM chaqiriluvchi yoshlariga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘limida hamshiralar va ishchi-xodimlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Mazkur tadbir “Sog‘lom avlod” jamg‘armasi tomonidan tashkil etildi. Tadbir davomida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar salomatligini asrash, ma’naviy-axloqiy tarbiyani yuksaltirish hamda jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ishtirokchilar bilan mazmunli suhbatlar, fikr almashuvlar va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi tushuntirish ishlari olib borildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga sog‘lom va faol hayot tarziga rioya qilish, o‘z salomatligiga mas’uliyat bilan yondashish hamda yosh avlod tarbiyasiga munosib hissa qo‘shish bo‘yicha tavsiyalar berildi.