Xorazm shahrida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi
Xorazm shahridagi VBKTTM chaqiriluvchi yoshlarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘limida hamshiralar hamda ishchi-xodimlar ishtirokida mazmunli ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbir “Sog‘lom avlod” jamg‘armasi tashabbusi bilan tashkil etilib, unda inson salomatligi, sog‘lom turmush tarzi, ma’naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasining muhim jihatlari haqida fikr almashildi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilarga sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qilish, salomatlikni asrash va mustahkamlash, shuningdek, jamiyatda faol va mas’uliyatli inson bo‘lib shakllanishning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
Tadbir samimiy suhbat va o‘zaro fikr almashuvlar ruhida o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda foydali tavsiyalar bilan tanishdilar.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar jamoa xodimlarining dunyoqarashini kengaytirish, sog‘lom muhitni mustahkamlash va sog‘lom avlod tarbiyasiga munosib hissa qo‘shishga xizmat qiladi.


