Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki
Bugun Islom sivilizatsiyasi markazida “Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda jamiyat taraqqiyotida fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni, yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada yuksaltirish hamda Uchinchi Renessans poydevorini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida fikr almashildi.
Tadbirda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi xodimlari ham faol ishtirok etib, yosh avlodning sog‘lom, barkamol va vatanparvar insonlar bo‘lib kamol topishida jamoat tashkilotlarining mas’uliyati va amaliy ishtiroki haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Davra suhbati davomida fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida hamkorlikni yanada kuchaytirish, aholi va yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslarni kengaytirish yuzasidan takliflar bildirildi.


