MULOQOT, HAMKORLIK VA NNTLAR UCHUN YANGI IMKONIYATLAR

2026-yil 21-avgust kuni Toshkent shahrida Tashkilotlararo Ekspertlar Kengashi (TEK) Kotibiyati tomonidan ilgari OITS, sil va bezgakka qarshi kurashish bo‘yicha Global jamg‘arma grantlarini amalga oshirishda ishtirok etmagan NNT vakillari uchun davra suhbati o‘tkazildi.

Uchrashuv «Mercure Tashkent» mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi va NNTlar bilan tanishish, ochiq muloqot olib borish hamda ularning OIV va sil yo‘nalishidagi dasturlarda ishtirok etish imkoniyatlarini muhokama qilish uchun maydon bo‘ldi.

Ishtirokchilar TEKning tuzilmasi va faoliyati, OIV va sil yo‘nalishidagi tadbirlarni muvofiqlashtirish mexanizmlari bilan tanishdilar. «Mening tashkilotim» sessiyasi doirasida NNT vakillari o‘z faoliyati, tajribasi, amalga oshirilayotgan tashabbuslari va kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlari haqida ma’lumot berdilar.

«Savol-javob» shaklidagi ochiq muloqot davomida NNTlarning TEK faoliyatidagi ishtiroki, Global jamg‘arma grantlari bilan ishlash mexanizmlari hamda OIV va sil dasturlarini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.