O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan 2026-yil 25-avgust kuni “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan Bo‘ka tumanida xayriya tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Fond Boshqaruv raisi O. Islamova ishtirok etdi. Tumandagi 50 ta kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaga oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi bepul tarqatildi.
Mazkur xayriya tadbiri Mustaqillik bayrami arafasida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, mehr-oqibat va saxovat tamoyillarini keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etildi.
Tadbirni tashkil etishda Bo‘ka tumani hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Mannopova Ziyoda Qayumovna hamda hokimlik bosh mutaxassisi Inomova Yorqinoy Jiyanboyevna amaliy yordam ko‘rsatdilar.


