“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Qoraqalpog‘iston filiali xodimi Mustaqillikning 35 yilligi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Qoraqalpog‘iston filialining xodimi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

«Sog‘lom avlod uchun» Xalqaro xayriya fondining Qoraqalpog‘iston bo‘limi Tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tibbiy-ijtimoiy xodimi Akziya Yarmagambetovna Mendibayeva O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ushbu mukofot Akziya Yarmagambetovnaning sog‘liqni saqlash va aholiga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish yo‘nalishidagi samarali mehnati va fidokorona faoliyatiga berilgan yuksak e’tirofdir.