Yuksak e’tirof muborak bo‘lsin!

Yuksak e’tirof muborak bo‘lsin!

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining Respublika yuristi Rashidov Dilshon O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.

Ushbu yuksak mukofot bilan Rashidov Dilshonni Fond jamoasi nomidan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz!

Mazkur e’tirof — Sizning kasbiy mahoratingiz, fidokorona mehnatingiz, Fond faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlash yo‘lidagi mas’uliyatli va samarali xizmatlaringizga berilgan munosib bahodir.

Sizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va xotirjamlik, kuch-g‘ayrat hamda kelgusi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Ezgu ishlar yo‘lidagi mehnatingiz doimo yuksak e’tirof va hurmatga sazovor bo‘lsin!

“Mustaqillikning 35 yilligi” ko‘krak nishoni muborak bo‘lsin!