Yuksak e’tirof muborak bo‘lsin!

Yuksak e’tirof muborak bo‘lsin!

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining Surxondaryo viloyati filiali direktori Hafizova Mamlakat O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.

Ushbu yuksak mukofot bilan Hafizova Mamlakatni Fond jamoasi nomidan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz!

Mazkur e’tirof — Sizning ko‘p yillik samarali va fidokorona mehnatingiz, insonparvarlik va ezgulik yo‘lidagi faoliyatingiz, xalqimiz farovonligi hamda sog‘lom avlod kelajagi yo‘lida qo‘shayotgan munosib hissangizga berilgan yuksak bahodir.

Sizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va xotirjamlik, kuch-g‘ayrat hamda kelgusi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Ezgu ishlaringiz bardavom, mehnatingiz samarali va yutuqlaringiz yanada ko‘p bo‘lsin!

“Mustaqillikning 35 yilligi” ko‘krak nishoni muborak bo‘lsin!