Yuksak e’tirof muborak bo‘lsin!

Yuksak e’tirof muborak bo‘lsin!

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining Namangan viloyati filiali direktori Xayrullo Djalilovich O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.

Ushbu yuksak mukofot bilan Xayrullo Djalilovichni Fond jamoasi nomidan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz!

Mazkur e’tirof — Sizning fidokorona mehnatingiz, insonparvarlik va ezgulik yo‘lidagi faoliyatingiz, xalqimiz farovonligi hamda sog‘lom avlod kelajagi yo‘lida qo‘shayotgan munosib hissangizga berilgan yuksak bahodir.

Sizga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, kuch-g‘ayrat va kelgusi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Ezgu ishlaringiz bardavom, yutuqlaringiz yanada ziyoda bo‘lsin!

“Mustaqillikning 35 yilligi” ko‘krak nishoni muborak bo‘lsin! 

Hurmat bilan,
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi jamoasi