Olmaliq shahrida ehtiyojmand oilalarga xayriya ko‘magi ko‘rsatildi
Olmaliq shahrida ehtiyojmand oilalarga xayriya ko‘magi ko‘rsatildi
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan Olmaliq shahrida istiqomat qiluvchi 12 ta kam ta’minlangan hamda oilasida nogironligi bo‘lgan oila a’zosi mavjud bo‘lgan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Mazkur xayriya tadbiridan ko‘zlangan asosiy maqsad — ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga moddiy ko‘mak ko‘rsatish hamda mehr va e’tibor ulashishdan iborat.
Ko‘rsatilayotgan bunday xayriya yordamlari ehtiyojmand oilalar uchun muhim ko‘mak bo‘lib, ularning ko‘ngliga quvonch va ishonch bag‘ishlamoqda.
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi ezgu va xayrli tashabbuslarni izchil davom ettiradi.


