TUPROQQAL’A TUMANIDA AHOLI UCHUN CHUQURLASHTIRILGAN TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI

TUPROQQAL’A TUMANIDA AHOLI UCHUN CHUQURLASHTIRILGAN TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI

2026-yil 2–3-sentabr kunlari “Sog‘lom avlod uchun” XHF Xorazm viloyat hududiy bo‘limining “Ambulans” TYP xodimlari tuman tibbiyot birlashmasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Mahallalar uyushmasi bilan hamkorlikda Tuproqqal’a tumani Oxunboboyev OShPda aholi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etdilar. Tibbiy ko‘rik davomida, asosan, ko‘p bolali ayollar va o‘smir qizlardan jami 156 nafar fuqaro zamonaviy diagnostika va davolash uskunalaridan foydalangan holda chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shuningdek, 54 nafar fuqaro UTT16 nafar fuqaro EKG tekshiruvlaridan o‘tkazildi.Tadbir davomida aholining ehtiyojmand qatlamlariga, yoshi ulug‘ otaxon va onaxonlarga, nogironligi bo‘lgan shaxslarga, tug‘ish yoshidagi xotin-qizlar hamda o‘smir bolalarga muruvvat yordami sifatida dori-darmonlar, ko‘zoynaklar va bukletlar tarqatildi.Shuningdek, xotin-qizlar va tibbiyot xodimlari ishtirokida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan ma’ruzalar va davra suhbatlari tashkil etildi. Jumladan, “Qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning oldini olish”“Erta turmushning salbiy oqibatlari”“Jismoniy faollik — umr kaliti”“Sog‘lom ovqatlanish odatlari”“Vitamin va minerallarning ahamiyati”“Yosh bolalarni o‘z vaqtida emlashning ahamiyati” mavzularida aholiga zarur tibbiy va profilaktik tavsiyalar berildi.Mazkur tadbir aholi, ayniqsa, xotin-qizlar va bolalar salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda aholining tibbiy savodxonligini oshirishga xizmat qildi.