Jizzax viloyatida tibbiy ko‘rik va xayriya tadbirlari tashkil etildi
2026-yil 7–10-sentabr kunlari “Sog‘lom avlod uchun” xayriya fondi Jizzax viloyati filiali tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘chma brigadasi tomonidan Jizzax shahri Olmazor MFY, Forish tumani Sayyod MFY, Nurak OShP va Egizbuloq OShPlarida tibbiy ko‘rik va xayriya tadbirlari tashkil etildi. Tadbirlar davomida “D” nazoratidagi bemorlar, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, keksalar hamda o‘smir qizlar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Jami 325 nafar fuqaro tibbiy ko‘rik bilan qamrab olindi.
Aholining ehtiyojmand qatlamiga, jumladan kambag‘allik reyestrida bo‘lgan, nogironligi bo‘lgan shaxslar, nogiron farzandi bor oilalar hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalarga shifokor tavsiyasiga ko‘ra 221 o‘lchov birligidagi muruvvat dori-darmonlari, ko‘zoynaklar va quritilgan sabzavotli aralashmalar bepul xayriya tarzida tarqatildi. Yotib qolgan bemorlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar holidan patronaj hamshiralar ishtirokida manzilli xabar olindi.


