Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush va kasalliklarning oldini olish targ‘ib qilindi

Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush va kasalliklarning oldini olish targ‘ib qilindi

Tadbirlar davomida aholi, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi. Fuqarolarga “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish”“Erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari” hamda “Bachadon bo‘yni saratoni va ko‘krak bezi saratonining oldini olish” mavzularida ma’ruzalar o‘tkazildi.

Suhbatlar davomida to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik, kasalliklarni erta aniqlash va muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tishning ahamiyati tushuntirildi. Shuningdek, erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salomatlik hamda kelajak avlodga ta’siri, ayollar salomatligini asrash, bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash hamda ularning oldini olish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Mazkur targ‘ibot tadbirlari aholining tibbiy savodxonligini oshirish, sog‘lom hayot tarziga amal qilish ko‘nikmalarini shakllantirish va kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etdi.