Chust tumanida aholi uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi
Chust tumanida aholi uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi
Namangan viloyati Chust tumanidagi 43-son poliklinikaga qarashli mahallalarda istiqomat qiluvchi aholi uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Tadbir davomida fuqarolarning salomatlik holati tibbiyot xodimlari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilib, zarur tavsiya va maslahatlar berildi.
Shuningdek, aholining ehtiyojmand qatlamlariga bepul muruvvat yordami ko‘rsatilib, dori-darmon vositalari, ko‘zoynaklar va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi bukletlar tarqatildi.
Mazkur tadbir aholi salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarni erta aniqlash hamda ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.


