Shohimardon qishlog‘ida tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi o‘z faoliyatini boshladi
Shohimardon qishlog‘ida tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi o‘z faoliyatini boshladi
2026-yil 22-sentabr kuni Farg‘ona viloyati Tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi shifokor-mutaxassislari Farg‘ona tumani Shohimardon qishlog‘idagi “Taraqqiyot” oilaviy shifokorlik punktida o‘z ish faoliyatini boshladi.
Shohimardon qishlog‘i yurtimizning, xususan, Farg‘ona viloyatining eng chekka, tog‘lar orasida joylashgan va anklav hududlardan biri hisoblanadi. Qishloq hududi qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasi hududi bilan o‘ralgan bo‘lib, hududda 3 ta mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY) mavjud.
Tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasining mazkur hududdagi faoliyati aholiga tibbiy xizmatlarni yanada yaqinlashtirish, fuqarolarning salomatligini o‘rganish hamda ularga zarur tibbiy va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatishga qaratilgan.


