Qo‘qon shahrida ehtiyojmand oilalar uchun tibbiy ko‘rik o‘tkazildi

Qo‘qon shahrida ehtiyojmand oilalar uchun tibbiy ko‘rik o‘tkazildi

2026-yil 17-sentabr kuni Farg‘ona viloyati tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi shifokor-mutaxassislari Qo‘qon shahar 8-sonli oilaviy poliklinika filialiga qarashli 44-“Avg‘onbog‘” MFY hududida joylashgan tibbiy punktda bo‘lib, aholi, xususan, kam ta’minlangan, ehtiyojmand hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolar va oilalar uchun tibbiy ko‘rik tashkil etdilar.

Tibbiy ko‘rik davomida fuqarolarning salomatlik holati o‘rganilib, ularga zarur tibbiy tavsiyalar berildi. Shuningdek, ehtiyojmand aholiga dori-darmon vositalari va ko‘zoynaklar bepul, beg‘araz ravishda tarqatildi.

Mazkur tadbir aholining, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining salomatligini mustahkamlash, ularga tibbiy xizmatlarni yanada yaqinlashtirish hamda zarur tibbiy ko‘mak bilan ta’minlashga qaratildi.