Qo‘qon shahrida ehtiyojmand aholi uchun tibbiy ko‘rik o‘tkazildi

Qo‘qon shahrida ehtiyojmand aholi uchun tibbiy ko‘rik o‘tkazildi

2026-yil 16-sentabr kuni Farg‘ona viloyati tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi shifokor-mutaxassislari Qo‘qon shahar 7-sonli oilaviy poliklinika filialiga qarashli “Ganjiravon” MFY hududida joylashgan tibbiy punktda aholi uchun tibbiy ko‘rik tashkil etdilar.

Tibbiy ko‘rik davomida kam ta’minlangan, ehtiyojmand hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolar va ularning oila a’zolarining salomatlik holati o‘rganildi. Fuqarolarga zarur tibbiy tavsiyalar berilib, ularning murojaatlari bo‘yicha tegishli maslahatlar ko‘rsatildi.

Shuningdek, ehtiyojmand aholiga dori-darmon vositalari va ko‘zoynaklar bepul, beg‘araz ravishda tarqatildi.

Mazkur tibbiy-ijtimoiy tadbir aholining, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining salomatligini muhofaza qilish, ularga tibbiy xizmatlarni yaqinlashtirish va zarur ko‘mak ko‘rsatishga qaratildi.