SURXONDARYO VILOYATIDA TIBBIY-IJTIMOIY PATRONAJ TADBIRI O‘TKAZILDI

SURXONDARYO VILOYATIDA TIBBIY-IJTIMOIY PATRONAJ TADBIRI O‘TKAZILDI

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Surxondaryo viloyat filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi mutaxassislari tomonidan 2026-yil 14–17-sentabr kunlari Sho‘rchi tumanida tibbiy-ijtimoiy ko‘rik tashkil etildi.

Mazkur tadbir davomida 94-OPga qarashli Kattasovur, Zarbdor, Sholdiroq, Yoshg‘ayrat hamda 93-OPga qarashli Baxshitepa, Baxshitepa-1, Qaqan, Saksonkapa va Joyilma mahallalarida istiqomat qiluvchi “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan, kam ta’minlangan, ko‘p bolali hamda nogironligi bo‘lgan oila a’zolari va ularning farzandlari qamrab olindi.

Jami 333 nafar aholi tibbiy-ijtimoiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tibbiy ko‘rik davomida surunkali kasalliklari aniqlangan fuqarolarga Fond tomonidan zarur dori-darmon vositalari hamda turli mavzulardagi targ‘ibot-tashviqot bukletlari bepul tarqatildi.

Tadbirning asosiy maqsadi aholining, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va yoshlarning salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni barvaqt aniqlash hamda ularga tibbiy-ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatishdan iborat.