Sirdaryo tumanida aholi uchun tibbiy ko‘rik va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi
2026-yil 21–22-sentabr kunlari Sirdaryo tuman tibbiyot birlashmasi, Tuman Mahallalar uyushmasi hamda “Sog‘lom avlod uchun” XHF Sirdaryo viloyati hududiy filiali TIBBsi hamkorligida Sirdaryo tumanidagi 3-sonli oilaviy poliklinika binosida aholi uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Tibbiy ko‘rik davomida Quyosh, Yelobod va Zarshunos MFYlarida istiqomat qiluvchi jami 100 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Ko‘rik jarayonida 53 nafar aholiga dori-darmon vositalari hamda ko‘zoynaklar tarqatildi.
Shuningdek, aholi, tibbiyot xodimlari va mahalla faollari ishtirokida “Qarindoshlar quda bo‘lishining salbiy oqibatlari” hamda “Reproduktiv salomatlik” mavzularida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbir davomida mazkur mavzularga oid 95 ta targ‘ibot-tashviqot materiallari aholiga tarqatildi.
Tadbirning asosiy maqsadi aholining tibbiy savodxonligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash hamda kasalliklarning oldini olish bo‘yicha aholiga zarur tavsiyalar berishdan iborat bo‘ldi.


