SOG‘LOM ONA VA BOLA — KELAJAK POYDEVORI

SOG‘LOM ONA VA BOLA — KELAJAK POYDEVORI

Oltinsoy tumanida “Sog‘lom ona va bola — kelajak poydevori” loyihasi doirasida ona va bola salomatligini muhofaza qilish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Unda hokimlik, tibbiyot, Oila va xotin-qizlar bo‘limi, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, mahalla va jamoatchilik vakillari hamda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Oltinsoy tuman tibbiyot birlashmasining tug‘ruq bo‘limini zamonaviy tibbiy uskunalar bilan ta’minlash masalasi ko‘rib chiqilib, 2 dona neonatal inkubator va 2 dona narkoz apparati xarid qilish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Mazkur jihozlar ona va bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Tadbir yakunida ona va bola salomatligini muhofaza qilish borasida idoralararo hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.

Sog‘lom ona — sog‘lom bola, sog‘lom avlod — farovon kelajak!