FARG‘ONA TUMANIDA EHTIYOJMAND OILALAR UCHUN TIBBIY KO‘RIK O‘TKAZILDI

FARG‘ONA TUMANIDA EHTIYOJMAND OILALAR UCHUN TIBBIY KO‘RIK O‘TKAZILDI

2026-yil 23-sentabr kuni “Sog‘lom avlod uchun” Xalqaro xayriya fondi Farg‘ona viloyati hududiy filiali TIB brigadasi tomonidan Farg‘ona tumani Yordon oilaviy poliklinikasi hududida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan, ehtiyojmand hamda nogironligi bo‘lgan oilalar uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tibbiy ko‘rik davomida aholiga zarur tibbiy maslahatlar berilib, dori-darmon vositalari va ko‘zoynaklar bepul tarqatildi.

Mazkur tadbir aholining salomatligini mustahkamlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga tibbiy yordam ko‘rsatishga qaratildi.