“Sog‘lom avlod uchun” xayriya fondi MSP brigadasi faoliyatidan
“Sog‘lom avlod uchun” xayriya fondining MSP brigadasi tomonidan aholining salomatligini mustahkamlash, tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlar muntazam amalga oshirilmoqda.
Brigada faoliyati davomida aholiga tibbiy ko‘riklar tashkil etilib, sog‘liq holati bo‘yicha zarur tavsiyalar berilmoqda. Ehtiyojmand fuqarolarga dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bepul tarqatilib, sog‘lom turmush tarzi, kasalliklarning oldini olish hamda reproduktiv salomatlik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur ezgu tashabbuslar aholining tibbiy savodxonligini oshirish, salomatligini asrash va sog‘lom avlodni voyaga yetkazishga xizmat qilmoqda.
Sog‘lom avlod — yurt kelajagi!


