Ehtiyojmand oilalar uchun bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazildi
2026-yil 24-sentabr kuni “Sog‘lom avlod uchun” Xalqaro xayriya fondi Farg‘ona viloyati hududiy filiali TIP brigadasi tomonidan Farg‘ona tumani Log‘on oilaviy poliklinikasi hududida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan, ehtiyojmand hamda nogironligi bo‘lgan oilalar vakillari uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Tibbiy ko‘rik davomida aholining salomatligi ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga tegishli tibbiy maslahat va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, ehtiyojmand fuqarolarga dori-darmon vositalari hamda ko‘zoynaklar bepul va beg‘araz tarzda tarqatildi.
Mazkur xayriya tadbiri aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning salomatligini asrash va tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qildi.


