Yangiyer shahridagi “Muruvvat” uyida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi

Yangiyer shahridagi “Muruvvat” uyida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi

2026-yil 25-sentabr kuni Yangiyer shahar tibbiyot birlashmasi hamda “Sog‘lom avlod uchun” xayriya fondi TIPB hamkorligida Yangiyer shahridagi “Nogiron ayollar uchun” “Muruvvat” uyida istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tibbiy ko‘rik davomida muassasada istiqomat qiluvchi ayollarning salomatligi mutaxassislar tomonidan atroflicha o‘rganilib, ularga zarur tibbiy maslahat va tavsiyalar berildi.

Mazkur tadbir ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan ayollar salomatligini asrash, ularga tibbiy ko‘mak ko‘rsatish hamda doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik bilan qamrab olishga xizmat qildi.