Uchtepa tumanida 269 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
Uchtepa tumanida 269 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
Tibbiy-ijtimoiy markazning haftalik hisoboti
2026-yilning 21–24-sentabr kunlari Tibbiy-ijtimoiy markaz mutaxassislari tomonidan Uchtepa tumanining Hojibobod, Taqachi, Ko‘rkamobod va Quyi Darxon mahallalarida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi uchun tibbiy ko‘riklar tashkil etildi.
Tadbirlar davomida jami 269 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning salomatligi o‘rganildi hamda zarur tibbiy maslahat va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining 119 nafariga dori-darmon vositalaridan iborat xayriya yordami ko‘rsatildi.
Mazkur tadbirlar aholining salomatligini mustahkamlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga tibbiy va xayriya yordamini ko‘rsatishga xizmat qildi.


