Yashnobod tumanida 204 nafar aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Yashnobod tumanida 204 nafar aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

2026-yilning 21–25-sentabr kunlari “Sog‘lom avlod uchun” Xalqaro xayriya fondining HK TIPB mutaxassislari tomonidan Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi mahallalarda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida tibbiy ko‘riklar tashkil etildi.

Tadbirlar davomida jami 204 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shundan 124 nafariga UTT, 47 nafariga EKG tekshiruvlari o‘tkazilib, fuqarolarning salomatligi chuqur o‘rganildi hamda ularga tegishli tibbiy tavsiya va maslahatlar berildi.

Shuningdek, ehtiyojmand fuqarolarning 43 nafariga xayriya tariqasida dori-darmon vositalari bepul tarqatildi.

Mazkur tadbir aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni barvaqt aniqlash hamda ehtiyojmand fuqarolarni tibbiy va ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.