QORAQALPOG‘ISTONDAGI “SOG‘LOM AVLOD UCHUN” XAYRIYA FONDI FILIALI BRIGADASINING ISH FAOLIYATI
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “Sog‘lom avlod uchun” xayriya fondi filiali tomonidan brigadasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mahallalarda aholi bilan bevosita ishlash, ularning salomatligini mustahkamlash va kasalliklarning oldini olishga qaratilgan tibbiy-ijtimoiy hamda targ‘ibot-tushuntirish tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Brigadasi tomonidan mahalla aholisi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, kasalliklarning oldini olish, tibbiy ko‘riklardan o‘z vaqtida o‘tish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish va salomatlikka mas’uliyatli munosabatni shakllantirish bo‘yicha suhbatlar va axborot sessiyalari tashkil etilmoqda.
Shuningdek, brigada mahalla faollari bilan hamkorlikda aholining ehtiyojlarini o‘rganish, zarur hollarda fuqarolarni tegishli tibbiy va ijtimoiy xizmatlarga yo‘naltirish hamda aholining tibbiy savodxonligini oshirish bo‘yicha ishlarni olib bormoqda.
Brigadasining asosiy maqsadi — Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mahallalarda aholiga manzilli ko‘mak ko‘rsatish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va profilaktik tadbirlarni kuchaytirish orqali aholi salomatligini muhofaza qilishga hissa qo‘shishdan iborat.


