Farg‘ona tumanida tibbiy ko‘rik tadbirlari boshlandi

Farg‘ona tumanida tibbiy ko‘rik tadbirlari boshlandi

2026-yil 29-sentabr kuni “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi Farg‘ona viloyat hududiy filiali  brigadasi Farg‘ona tumanidagi 65-sonli oilaviy poliklinikada o‘z ish faoliyatini boshladi.

Brigada tomonidan aholining salomatlik holatini o‘rganish, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish hamda zarur tibbiy maslahat va tavsiyalar berish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Mazkur tadbirlar aholining salomatligini muhofaza qilish va kasalliklarning oldini olishga qaratilgan.