Sirdaryo tumanida aholi uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi
2026-yil 28–29-sentabr kunlari Sirdaryo tuman tibbiyot birlashmasi, Tuman Mahallalar uyushmasi hamda “Sog‘lom avlod uchun” XHF Sirdaryo viloyat hududiy filiali TIB tomonidan hamkorlikda Sirdaryo tumanidagi 7-sonli oilaviy poliklinika binosida Intilish, Ilg‘or va Oqyo‘l MFY aholisi uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Tibbiy ko‘rik davomida jami 111 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shuningdek, 55 nafar aholiga dori-darmon vositalari va ko‘zoynaklar bepul tarqatildi.
Tadbir doirasida aholi hamda tibbiyot xodimlari ishtirokida “To‘g‘ri ovqatlanish qoidalari”, “Reproduktiv salomatlik” va boshqa muhim mavzularda davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbati davomida aholiga sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, to‘g‘ri ovqatlanish, reproduktiv salomatlikni asrash va kasalliklarning oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Mavzularga oid 35 ta targ‘ibot-tashviqot materiallari aholiga tarqatildi.
Mazkur tadbir aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni barvaqt aniqlash hamda fuqarolarning tibbiy savodxonligini oshirishga xizmat qildi.


