Farg‘ona tumanida ehtiyojmand oilalar uchun tibbiy ko‘rik o‘tkazildi
Farg‘ona tumanida ehtiyojmand oilalar uchun tibbiy ko‘rik o‘tkazildi
2026-yil 29-sentabr kuni “Sog‘lom avlod uchun” Xalqaro fondi Farg‘ona viloyat hududiy filiali TIB brigadasi tomonidan Farg‘ona tumanidagi 65-sonli oilaviy poliklinika hududida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan, ehtiyojmand hamda nogironligi bo‘lgan oilalar uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Tibbiy ko‘rik davomida aholining salomatligi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga zarur tibbiy tavsiyalar berildi. Shuningdek, ehtiyojmand fuqarolarga dori-darmon vositalari va ko‘zoynaklar bepul va beg‘araz tarzda tarqatildi.
Mazkur xayriya tadbiri aholining salomatligini mustahkamlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga tibbiy va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatishga qaratildi.


