Qiziltepa tumanida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi

Qiziltepa tumanida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi

2026-yil 28–30-sentabr kunlari “Sog‘lom avlod uchun” XHF Navoiy viloyati hududiy filiali TIB brigadasi Qiziltepa tumani tibbiyot birlashmasi xodimlari bilan hamkorlikda hududdagi 12-OPga qarashli mahallalarda aholi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etdi.

Ko‘rik davomida jami 410 nafar fuqaro, jumladan, 220 nafar ayol, 100 nafar erkak va 90 nafar bola tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Nogironligi bo‘lgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ko‘zoynak hamda bukletlar tarqatildi.

Shuningdek, aholi o‘rtasida “Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari” va “Sog‘lom turmush tarzi” mavzularida targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.