Jizzax viloyatida tibbiy ko‘riklar tashkil etildi
2026-yil 28–30-sentabr kunlari “Sog‘lom avlod uchun” xayriya fondi Jizzax viloyati hududiy filialining tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘chma brigadasi tomonidan Sharof Rashidov tumanining G‘o‘zg‘ontepa OShP, Tinchlik MFY va Umar MFY hududlarida tibbiy ko‘riklar tashkil etildi.
Ko‘riklarda jami 246 nafar fuqaro — “D” nazoratidagi bemorlar, xotin-qizlar, keksalar va o‘smir qizlar qamrab olindi. Ehtiyojmand oilalarga shifokor tavsiyasiga ko‘ra 150 o‘lchov birligidagi dori-darmonlar va ko‘zoynaklar bepul tarqatildi. Yotib qolgan bemorlar va nogironligi bo‘lgan fuqarolardan manzilli xabar olindi.
Shuningdek, aholi o‘rtasida mavsumiy kasalliklar, erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari hamda papilloma virusi haqida targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.


