Sirdaryo tumanida aholi uchun tibbiy ko‘rik va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi
2026-yil 5–6-oktabr kunlari Sirdaryo tuman tibbiyot birlashmasi, Tuman mahallalar uyushmasi hamda “Sog‘lom avlod uchun” Xalqaro xayriya fondining Sirdaryo viloyati hududiy filiali Tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi hamkorligida Sirdaryo tumanidagi 6-sonli oilaviy poliklinika binosida “Orzu”, “Ahillik” va “Turkiston” MFY aholisi uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Tibbiy ko‘rik davomida jami 170 nafar aholi ko‘rikdan o‘tkazilib, 124 nafar aholiga dori-darmon vositalari va ko‘zoynaklar tarqatildi.
Shuningdek, aholi, tibbiyot xodimlari hamda 22-maktab o‘quvchi qizlari ishtirokida “Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari”, “To‘g‘ri ovqatlanish qoidalari”, “Reproduktiv salomatlik” va “Yod tanqisligi kasalliklari” mavzularida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbir davomida mavzularga oid 115 ta targ‘ibot materiali aholiga tarqatildi.


