SIRDARYO TUMANIDA AHOLI UCHUN TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI

SIRDARYO TUMANIDA AHOLI UCHUN TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI

2026-yil 7–8-oktabr kunlari Sirdaryo tuman tibbiyot birlashmasi, tuman Mahallalar uyushmasi hamda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Sirdaryo viloyati hududiy filiali TIPBsi hamkorligida Sirdaryo tumanidagi 13-sonli oilaviy poliklinika binosida Ulug‘bek MFY aholisi uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tadbir davomida jami 129 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rikdan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash hamda profilaktik tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.