AHOLI O‘RTASIDA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI TARG‘IB QILISHGA QARATILGAN TADBIRLAR O‘TKAZILDI
Tadbirlar doirasida xotin-qizlar va tibbiyot xodimlari ishtirokida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, kasalliklarning oldini olish hamda aholi tibbiy madaniyatini oshirishga qaratilgan ma’ruzalar va davra suhbatlari tashkil etildi.
Uchrashuvlarda “Qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning oldini olish”, “Erta turmushning salbiy oqibatlari”, “Jismoniy faollik — umr kaliti”, “Sog‘lom ovqatlanish odatlari”, “Vitamin va minerallarning ahamiyati” hamda “Yosh bolalarni o‘z vaqtida emlashning ahamiyati” mavzularida tushuntirish ishlari olib borildi.
Davra suhbatlari davomida ishtirokchilarga qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning irsiy kasalliklar xavfiga ta’siri, erta turmushning salbiy oqibatlari, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik, vitamin va minerallarning inson salomatligidagi o‘rni hamda bolalarni o‘z vaqtida emlashning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Mazkur tadbirlar aholi salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish va kasalliklarning oldini olishga xizmat qildi
i


