AHOLI O‘RTASIDA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI TARG‘IB QILISH BO‘YICHA DAVRA SUHBATLARI O‘TKAZILDI

AHOLI O‘RTASIDA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI TARG‘IB QILISH BO‘YICHA DAVRA SUHBATLARI O‘TKAZILDI

Tadbir doirasida fuqarolar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, tibbiy madaniyatni oshirish hamda turli kasalliklarning oldini olish maqsadida davra suhbatlari tashkil etildi.

Davra suhbatlarida “Shaxsiy gigiyena va salomatlik”, “To‘g‘ri ovqatlanish”, “Tibbiy ko‘rikning ahamiyati”, “Erta nikoh va uning salbiy oqibatlari” mavzularida tushuntirish ishlari olib borildi.

Suhbatlar davomida ishtirokchilarga shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, sog‘lom ovqatlanish, kasalliklarni erta aniqlash uchun muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tish hamda erta nikohning salbiy oqibatlari haqida ma’lumotlar berildi.

Mazkur tadbirlar aholi salomatligini mustahkamlash, tibbiy savodxonlikni oshirish va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga xizmat qildi.